👨🏫
Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Manatova Altinay Alkuatovna
📍 Hudud
Navoiy / Uchquduq tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
15- maktab
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
Men turmush oʻrtogʻim bilan olis hududlarda joylashgan maktablarda yuqori malakali pedagoglarni jalb qilish qarorga muvofiq ishlagani 2018- yil bordim. Fizika fanidan oʻqituvchi boʻlib ishladim. Kichik ovul hududida 45 ta oʻquvchi uchun alohida maktab ochilgan. Qardosh tili maktabi boʻlishiga qaramay bizni iliq kutib olishib Uzunquduq ofy, Buzaubay bekatida ushbu maktabga mehrimiz tushgan. 6 yil ishladik. Shu yillar davomida Altinay Alkuatovna maktab rahbari va ajoyib padagog sifatida kashf etganman. Bolalar uchun 2021- 2022- oʻquv yilida yangidan jihozlandi. Yangi kampyuterlar, yuqori internet, qizlar uchun tikish mashinalari barchasi 45 ta oʻquvchi uchun qilingan edi. Rahbar boʻlib qolmasdan oʻzlari boshchilikda bilib berdilar. Insoniylik fazilatlarini hurmat qilaman. Maktab tuman markazidan 75 km uzoqlikda joylashgan boʻlsada ustozlar shunday maktablarga borib faoliyat koʻrsatmoqda. Xususan oʻzim ham fizika fanidan turmush oʻrtogʻim jismoniy tarbiya fanidan oliy toifali oʻqituvchi sifatida 6 yil shu maktabda faoliyat koʻrsatdik. Oliy taʼlimga oʻquvchilarimiz grant asosida oʻqishga qabul qilingan. Hozirgi kunda Toshkent shahar Uchtepa tumani 109- maktabda biz oʻz faoliyatimizni davom ettirmoqdamiz. Ammo olis hududni mehri baribir oʻziga tortadi. Odamlari sodda mehmondoʻst. Qozoq - oʻzbek boʻlib 6 yil yashaganmiz. Toʻgʻrisi haliyam bizni eslab yoʻqlab turadilar. Maktablariga ishga taklif qiladila. Hozirda maktabda 7 oʻquvchi qolgan. Lekin shu 7 oʻquvchi uchun 4 ta sinf ochilgan va ustozlarni oʻz bagʻriga chorlaydi.
📌 Qo'shimcha ma'lumot
Necha yilki fidoiy inson sifatida hurmat qilaman
Siz ham Manatova Altinay Alkuatovna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.