✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Durmatova Dilafruz Xudoyqulovna
📍 Hudud
Toshkent / Uchtepa tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
Atom Edu markazida
📘 Fan
Biologiya va Tabiiy fan
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
Men — Dilafruz Durmatova. 20 yildan beri pedagogman. Faoliyatimning 17 yilini abituriyentlarni tibbiyot oliygohlariga tayyorlashga sarfladim. Keyin qizlarim ixtisoslashtirilgan maktabga kirishga tayyorlana boshlagach, bu tizimni o‘zim ham chuqurroq o‘rgandim.
Avvaliga faqat qizlarim uchun izlandim. Keyin esa shu yo‘lda boshqa bolalarni ham tayyorlay boshladim.
2024-yilda — 14 nafar,
2025-yilda — 12 nafar,
2026-yilda esa — 21 nafar o‘quvchim ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilindi.
Ular orasida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Shayxontohur, Olmazor, Sergeli, Zangiota ixtisoslashtirilgan maktablari va Abu Ali ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabining Chinoz filialiga kirgan o‘quvchilarim bor.
2026-yilgi yana bir natijamizni alohida aytmasam bo‘lmaydi.
Al Beruniy xalqaro maktabining Tabiiy yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun respublika bo‘yicha 15 ta o‘rin ajratilgan edi. Shu 15 o‘rindan 6 tasini bizning jamoamiz tayyorlagan o‘quvchilar egalladi.
Eng quvonarlisi, meni bu yo‘lga boshlagan qizlarim ham bugun o‘z natijalariga ega: biri Al Beruniy xalqaro maktabining 9-sinfiga, ikkinchisi esa Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinfiga qabul qilindi.
📩 Murojaat uchun: @dilafruz_ustozdan
📸 Foto va video lavhalar
Siz ham Durmatova Dilafruz Xudoyqulovna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.