FU
Fidoyi Ustozlar
Sharafiddinov Oxun
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan

Sharafiddinov Oxun

📍 Hudud Samarqand / Samarqand shahri
🏫 Ta'lim muassasasi 58-maktab
⏳ Pedagogik staj 1 yil

💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?

Ustozimni tavsiya qilishimni sababi butun respublikada bunday ustoz qayta topilmaydi har taraflama ideal inson. Yordamga doim tayyor bulgan . Kerak bulsa aka , uqtuvchi , dust bulib maslahat beradilar. O'z kasblariga doim sodium. Dars utish metodlari ham hamma uquvchiga tug'ri keladi . Istalgan dangasa boladan haqiqiy mard insonni kashf qila oladi. Qisqa qilib aytgandan bu ustozga haykal urnatsak ham arziydi . Maktabimizda hamma hurmad qiladi . Hamma uquvchilar bu ustozni ideal ekanligini tasdiqlaydi . Chunki judayam zur Har bir insonning hayotida bir inson bo'ladiki, uning ovozini eshitganda yuragingiz iliqlik bilan to'ladi. Men uchun bu inson — mening ustozim. U sinfga kirganida, hatto eng qorong'i kun ham yorishib ketardi. Bilmayman, qanday qilib u har birimizga alohida e'tibor bera olardi — go'yo faqat men uning yagona shogirdi bo'lganday tuyulardi. Aslida esa, u har birimizni shunday his qildirar edi. Kechalari uxlamay konspekt tayyorlagani, ovozi bo'g'ilguncha darsni tushuntirgani, bizning kelajagimiz uchun o'z orzularini orqaga surgani — bularning barchasini biz o'shanda tushunmasdik. Endi, yillar o'tib, har bir gapining qadrini bilaman. Ustozim, siz meni faqat o'qitmadingiz — siz menga ishonishni, kurashishni, yiqilsam ham qayta turishni o'rgatdingiz. Sizsiz men bugungi men bo'lmasdim. Dunyoda qancha bilim bo'lmasin, uni mehr bilan bergan qo'llarning o'rnini hech narsa bosolmaydi. Ustozim — sizga bo'lgan hurmatim va minnatdorchiligim so'zlarga sig'maydi. Men sizga tavsiya qilayotgan ustoz u haqida shunchaki gaplar gapirib bulmaydi . Haykal quydirsak ham arziydi . Respublikamizda Oxun ustozday ustozni boshqa uchrata olmaysiz. Har qanday vaziyatda tayyor turadigan ustoz. Aka, uqtuvchi ,dust ishoning eng ideal ustoz. Dars utishi haqida kitob yozsangiz ham buladi. Ustozimizning metodi hammaga tug'ri keladi. Qisqasi hozirgi kunda bunday ustozlarni kam uchratamiz. Sharofiddinov Oxun ustoz tarix fanidan dars beradilar. Tarix doim kelajak boğlab darsni qiziq oʻtardilar. Undan tashqari hayot yoʻlida nima toʻgʻri nima notoʻgʻriligini tushunishda xuddi aka boʻlib tushuntirib berardilar. U kishi man uchun nafaqat ustoz balki aka hamdir Chunki bu ustoz juda noodatiy, o'z kasbining fidoyisi, hamma o'quvchilarning sevimlisi, kreativ, mexribon, bolalarni o'qishga qiziqtira olgani uchun. U kishi nafaqat bizga bilim, saboq beradi, balki kelajakda ham o'z o'rnimizni topishimizga yordam beradi, yo'l ko'rsatadi bizga. Man kõrgan ustozlarim ichida eng fidoyisi mehribon va tajribali kuchli ustozligi uchun

📌 Qo'shimcha ma'lumot

Men ustozimni yaxshi kuraman ustozim menga faqatgina ustozlik emas akalik ham qiladilar doimo tugri yul kursatadi faqatgina bilimda emas odob axloqdayam bilimga keladigan bulsak bizni maktabda shu ustoz tufayli katta natijalarga erishgan olimpiadalar bulsa ham bizni maktabda faqaf shu ustozni uquvchiari yutgan qolgamlari doimo past bal olgan xullas ustozimni akamni tariflashga suzlar yetmaydi Tarix fanidan sertifikat imtihon topshirganman juda qiyin smenaga tushgan edim. Kutganimdan ancha past natija oldim. Sharofiddinov Oxun ustoz tayyorlanayotganimda juda koʻp menga ishonishlarini aytar edilar va natijam chiqganida juda uyalib ishonchlarini yoʻqotdim deb oʻylaganman. Lekin natijamni koʻrib man bilan faxrlanishlarini birgina imtihon insonni qandayligini ayta olmaydi deganlar. “Qadar shu ekan” degan gaplari esimda qolib ketgan Oxun ustoz bizga tarix fanidan dars o'tadi. Esimda o'shanda endi 5-sinf edik. U kishi juda boshqacha edi, boshqa ustozlardek emas edi. O'z fanini sevardi, bizga ham shunaqa qilib, qiziqtirib o'tardi. Menda tarix fani qanday bo'lishi haqida quyidagicha fikr bo'lgan: hamma fanlar kabi tarixdan ham mavzuni shunchaki o'qib, esimizda qolganlarni aytib berish, bir martalik xotiraga qoldirishni tushunardim. Lekin bu ustozning metodikasi boshqacha edi. U kishi bola psixologiyasini yaxshi bilardi, nima qilsa bolani e'tiborini o'ziga qarata olishni, uni zeriktirib qo'ymaslikni va faniga qiziqtirishni bilardi. Boshqa fanlarda og'zi tinmay gapiradigan bollar ham jim bo'lardi, qolardi. Karantin edi maktab boshlanganda, oktabrgacha online o'qigandim, u ustoz haqida ma'lumotga ega emasdim. Maktabga borgach birdan boshqa joyga tushib qolgandek his qildim. Bu ustoz mavzularni juda yaxshi, tushunarli, imkon qadar sodda tushuntirardi, hayotiy narsalarga bog'lab tushuntirardi. Mavzuni aytib berish degan narsa yo'q edi. Ustoz doim ikkitadan o'quvchilarni chaqirardi, tayyorlarini va savol javob qilardi. Bilasizmi o'sha savol javobni besh olti marta eshitib turgach, o'qimagan bola ham javob bervorardi. Bu qiziq jarayon edi. Bolalar bir biridan o'taman deb o'qishni boshlagandi. Darslar davomida ustoz bizga hayotiy tajribalaridan aytib berardi. Bizga baho uchun o'qimanglar, o'zlaring uchun o'qinglar. Bu narsa faqat sizga kerak, bilimni o'zingiz uchun o'rganasiz boshqa uchun emas derdi. U kishi bir vaqtning o'zida bizning sinf rahbarimiz ham edi. Doim biz haqimizda qayg'urardi, sinfimiz birlashish, yutuqlarga erishishi uchun harakat qilardi. Zakovat bellashuvi nimaligini ham shu ustoz kelgach bilganman. Ha hamma yuqori sinflar aro zakovat intellektual bellashuvlari bo'lib turardi har hafta yoki har ikki haftada. Ustozimda liderlik, kreativlik juda yuqori edi. Turli xil bayramlarni, tadbirlarni tashkillashtirardi, o'zi bosh bo'lardi. QVZ, Yangi yil, Navro'z bayramlari, so'nggi qo'ng'iroq shular jumlasidan. Bolalar orasida san'atga qiziqish borlarni, iqtidorli, yuragida o'ti bor bolalarni tanlab olardi va bayramni tashkillashtirardi. Har yil maktabda qanday tadbir bo'lsa o'quvchilar, ota onalar Oxun ustoz qilayotgan bo'lsa albatta boramiz deb borardi, kutardi o'sha bayram kunini. Ha aytgancha avvallari Tarix fan oyligi, matematika fan oyligi degan tadbirlar bo'lardi, o'shalarni ham ustozim tashkillashtirardi. Har bir o'quvchini tushunishga harakat qilardi, ularni dunyosiga qiziqardi. Agar tortinchoq, o'zini olib qochadiga o'quvchilar bo'lsa ularni tushunishga, aslida nima ularni qiynayotganini bilgisi, yordam bergisi kelardi. Ustoz bizni o'ylashga, tanqid qilishga o'rgatardi, dunyo, xalqaro maydondagi voqealardan xabardor bo'lishimizga, dunyoqarashimizni, fikrlashimizni kengaytirishimizga yordam berardi va shuni targ'ib qilardi. Bu yuqoridagilarning hammasi umumiy, qay o'quvchidan so'rasangiz(Oxun ustozni tanigan) aksariyati men aytganimga yaqin gaplarni, ijobiy hislatlarini aytadi. Lekin men hozir o'zimni fikrimni aytmoqchiman. Bu ustozning hayotimga ta'siri haqida. Men oltinchi sinfdan tarixga repititorga borishni boshlagandim. Mendagi yaxshi xotirani ko'rib ustozim, tarixni davom ettirishim kerakligini, to'xtatmasligim kerakligini aytardi. Keyinchalik ko'p o'qib tengdoshlarimdan ilgarilab kettim, boshqa guruh bilan javob beradigan, keyunchalik o'zim ham javob beradigan bo'ldim. Ustoz mendagi qobilyatni ko'rib 9-sinfda Tarixdan fan olimpiadasiga chiqasan degandi. Shu kun ham keldi. Olimpiada uchun tayyorlandik, birinchi bosqichdan o'tib ikkinchisidan o'tolmadim. O'shanda ustozim meni urushmadi, xafsalasi pir bo'lmadi, shunchaki keyingi yil albatta olasan Xudo xohlasa; bundanda yaxshiroq tayyorlanib, hozirgi xatolaringni qilmasang hammasi yaxshi bo'ladi dedi. Menga dalda berdi. Tarix fanidan dars beradila

📸 Foto va video lavhalar

Siz ham Sharafiddinov Oxun haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?

Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.

📝 Hikoya qo'shish