👨🏫
Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Xonberdiyeva Mumtoza Ruslanovna
📍 Hudud
Toshkent / Yangihayot tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
303-maktab
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
Chunki bu ustoz man uchun eng ideal ustoz😍
Xonberdiyeva Mumtoza
•Oliy toifali oʻqituvchi
•21 yillik tajribaga ega ona tili va adabiyot oʻqituvchisi
•"Xalq taʼlimi aʼlochisi" va "Xalq taʼlimi fidoyisi" medallari bilan taqdirlanganlar
• Ingliz tili B2 va ona tili A+ milliy sertifikat sohibasi
• Nordic xalqaro universiteti magistri ,PHD tadqiqotchisi
•Finlandiya va Shvetsariya xalqaro malaka (144 soat)
Hamda oʻz maktabining faxrli ustozlaridan biri ,oʻquvchilarning yuregidan joy ololgan yagona ustoz❤️
Mani oʻzimni hayotimda oʻrinlari beqiyos boʻlganligi uchun ularni qahramon ustoz loyihasiga tavsiya qilishni xohladim.Mani 5 sinfdan to 11 sinfgacha ham ilm berib ham tarbiya berib oʻqitgan sinf rahbarim boʻladila.Ularni bergan ilmlari tufayli men ham ona tili milliy sertifikatdan B darajali sertifikat sohibi boʻldim.Ularni yordamlari bilan maktabni imtiyozli oltin medal bilan tamomladi.Hozirgi kunda oʻz maktabimizda barcha 11-sinflarga ona tili milliy sertifikat olishlari uchun ularga oʻz bilimlari bilan ulashib koʻp oʻquvchilari A,B,C+ natijalarni qoʻlga kiritdi.U ustoz oʻquvchiga faqatgina ilm berish bilan cheklanmaydilar.Ularning bizga bergan motivatsiyalari tufayli hozirgi kunda sinfimizning 95% oʻquvchisi oliy taʼlimda oʻqimoqda.Ular faqat oʻquvchilar bilan cheklanib qolmaganlar.Ustozlar oʻrtasida ham oʻzlarining kreativ gʻoyalarini boʻlishish maqsadida kreativ dars metodlari degan loyihani tashkil qilib oʻzlarining bor bilimlarini mahoratlarini boʻlishdilar.Inson ilm olishdan toʻxtamaslik kerakligini amalda koʻrsatdilar.Ular maktabdagi soʻnggi yillarimizni universitet hayotiga tayyorlash bilan oʻtkazdilar va bu biz oʻquvchilariga hozirgi kunda juda katta yordam bermoqda.Ularning qilgan ishlarini sanasam son-sanogʻi yoʻq.Bizga ommaning oldida hayajonlanmasdan soʻzlashish koʻnikmasini shakllantirdilar,yaʼni nutq madaniyatimizni oshirdilar. Buni dars jarayonida minbarda nutq soʻzlash metodi orqali bajardilar.Darsga oid slayd va loyihalar tayyorlatib bizni shaxsiy fikrimizni ifoda etishga oʻrgatdilar.Nafaqat ustozlar , oʻquvchilar balki ota-onalar bilan shugʻullanish usullari ham maktabdagi barcha ustozlarga oʻrnak boʻldi.Hali hech kim qilmagan va hech kimni hayoliga ham kelmagan "Bolamga maktub"loyihasini oʻylab topdilar va bu ommaga mashhur boʻldi,hammaga maʼqul keldi. Men bu ustozga havas qildm va ularni oʻzim uchun hayotimdagi qahramon sifatida tanlab ularning yoʻnalishlari boʻyicha qadam tashladim ,ulardan oʻrnak oldm.Hozirgi kunda Toshkent amaliy fanlar universitetida tahsil olayapman xuddi ulardek oʻqituvchi boʻlishni va oʻquvchilarimning sevimlisi boʻlishni niyat qildm.Shuning uchun ham men ularni qahramon ustoz loyihasiga tavsiya beraman.
📌 Qo'shimcha ma'lumot
Ular tufayli men insholar tanlovining shahar bosqichida 1 oʻrinni egallab 2 million pul mukofoti yutib oldim.Hozirgi kunda esa ular bergan ilmlari tufayli 2 ta maqolam xalqaro saytda nashr qilindi.
Siz ham Xonberdiyeva Mumtoza Ruslanovna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.