FU
Fidoyi Ustozlar
👨‍🏫 Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan

Rustamova Lobarxon Ibragimovna

📍 Hudud Namangan / To'raqo'rg'on tumani
🏫 Ta'lim muassasasi 1-sonli umumiy o`rta ta'lim maktabi
📘 Fan Ona tili va adabiyot

💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?

Men 32 yildan buyon 1-sonli umumiy o`rta ta'lim maktabida ona tili va adabiyot fanidan yoshlarga saboq berib kelmoqdaman.Ta'limda joriy etilgan barcha ko`rik-tanlovlarda ishtirok etib kelmoqdaman.Masalan,"Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi"tanlovida viloyatda 2-o`rin;2009-yilda "7X7" yoki "O`yla,izla,top!" intellektual o`yinida "To`raqo`rg`on guruhim bilan oliy o`rinni qo`lga kiritganma.Shu yilda menda Xalq ta'limi a'lochisi ko`krak nishoni,2015-yilda "Do`stlik" ordenini;2020-yilda "Ma'naviyat fidoyisi",2022-yilda "Ta'lim fidoyisi","Konstitutsiyamizning 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlanganman.Ma'naviyat fidoyisi" unvoniga ega bo`lganman.Bundan tashqari,2011-2015-2018-2019-yillarda respublikada o`tkazilgan "Yilning eng yaxshi ma'naviyat targ`ibotchisi"tanlovida 1-o`rin;maktabda boshlang`ich kasaba uyushma raisi sifatida "O`z kasbining mohir ustalari","Eng namunali boshlang`ich tashkilot","Elektr energiyasini tejash"kabi respublika ko`rik-tanlovida 1-2-o`rinni;2019-yilda respublikada o`tkazilgan "Ustozlar-kasaba uyushmalari e'zozida" nomli ko`rik-tanlovida faxrli 1-o`rinni egallab,"Spark" avtomashinasi sohibi bo`lganma.Namangan teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 4ta hujjatli film yaratganman.50dan ziyod ilmiy maqolalarim AQSH,Angliya.Qozog`iston va respublikamizning nufuzli oliygohlari qoshida o`tkazilgan konferensiyalarda nashr qilingan.O`z fanim bo`yicha tumanda mentorman.2026-yil 25-avgustda Andijon davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi sifatida PhD yoqlayapman.Ta'limga joriy etilga 9-10-sinf ona tili darsligiga taqrizchiman.Tuman kengashi deputati,Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha doimiy komissiya raisiman.Mas'uliyatliman,talabcha,to`g`riso`zman.Adolatli ish ko`raman.Baxtli ona,ziyo tarqatuvchi ustozman.Bir so`z bilan aytganda,hurmatli Prezidentimiz e'tirof etganlaridek,yurtimizdagi eng ulug`lanadigan kasb egasiman.Oilaliman,uch nafar o`g`illarim bor.

Siz ham Rustamova Lobarxon Ibragimovna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?

Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.

📝 Hikoya qo'shish