FU
Fidoyi Ustozlar
👨‍🏫 Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan

Boymurodova E'tibor Arzimurodovna

📍 Hudud Navoiy / Xatirchi tumani
🏫 Ta'lim muassasasi 22-maktab
📘 Fan Boshlang'ich sinf
⏳ Pedagogik staj 35 yil

🏆 Ustozning yutuqlari va pedagogik faoliyati

Boshlang'ich sinf o'qituvchilarida turli tanlovlar afsuski deyarli yo'q. Ordenlar ham olmagan. Ammo ordeni berishga arziydi ga fidoyi ustoz hisoblanadi.

✨ Shogirdlar yutuqlari va hayotiy ta'sir hikoyalari

Shogirdlari bugungi kunda ichki ishlar, medetsena, prokuratura, harbiy qismlarda, ta'lim tashkilotlarida turli rahbar lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.

💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?

Mening birinchi ustozim. 35 yillik ish faoliyatida qanchadan qancha boshlang'ich sinf o'quvchilarini chiqardi. Ularga ta'lim va tarbiya berdi, o'z farzandlaridek mexr ko'rsatdi. Shogirdlari, o'quvchilari bugun jamiyatimizda kerakli, yetuk kadrlar bo'lib turli lavozimlarda faoliyat olib bormoqda. Ammo ushbu ustozimiz shuncha yillik zahmatli mehnatlari evaziga biror bir medal yoki order bilan taqdirlanmaganlar. Mening birinchi ustozim, onamdek qalbi toza, g'amxo'r, mehri daryo aziz insonim. Men bugungi kunda ushbu birinchi ustozim bilan bir ta'lim maskanida faoliyat olib bormoqdaman. Ustozimning pand, nasihatlari, maslahatlari bilan kam bo'lmadim, qoqilmadim. Men bunday uzoq yillik ish tajribasiga ega fidoyi ustozlarni ayniqsa boshlang'ich sinf o'qituvchilarini davlatimizning eng yuksak ordenlari bilan taqdirlanishlarini xohlayman. Bunday jonkuyar ustozlarni elga tanitish ham farz, ham burchimizdir. Ular bosib o'tgan hayot yo'llari biz shogirdlarga katta hayot maktabidir.

Siz ham Boymurodova E'tibor Arzimurodovna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?

Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.

📝 Hikoya qo'shish