FU
Fidoyi Ustozlar
👨‍🏫 Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan

Axmedova Dildora Baxtiyorovna

📍 Hudud Farg'ona viloyati / Oltiariq tumani
🏫 Ta'lim muassasasi 6- maktab
📘 Fan Ona tili va adabiyot
⏳ Pedagogik staj 6 yil

💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?

Men Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi 6- umumiy oʻrta taʼlim maktabida ona tili va adabiyot fanlaridan dars beraman . 2008- yilda shu maktabda ish faoliyatimni boshladim. Ketma-ket farzandlarimni dunyoga keltirib, tugʻruq taʼtilida boʻlganim sababli 2020- yildan ishga qaytdim. 2022- yil bahorda pedagog kadrlar attestatsiyasida qatnashib , 2- toifaga oʻtdim. Shu yili kuzda navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib 1- toifaga oʻtdim. Shundan keyin 2 yil davomida attestatsiya sinovlari toʻxtatildi. 2025- yil bahorda yana pedagog kadrlar attestatsiyasida navbatdan tashqari qatnashib , oliy toifaga oʻtdim. Shu yili bahorda ona tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtilarida qatnashib , oʻz fanimni bilish darajasini qoʻlga kiritdim. 2026- yil iyul oyida BMTning YUNESKO jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan ISHONCH loyihasi doirasida Oʻzbekistonning Fargʻona, Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridan suhbat orqali 300 ta oʻqituvchilar orasida mentorlikka saralab olindim.2026- yil kuzda navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestatsiyasida qatnashib, 70 foizlik ustamaga oʻtdim. Oliy maqsadim- Vatanimiz yoshlarini oʻz ona tiliga faxr tuygʻusini tarbiyalash, oʻz Vatani uchun xizmat qiladigan bilimli kadrlarni yetkazishda oʻz hissamni qoʻshish. Buning uchun oʻquvchilarning oliy taʼlimga kirishlari uchun koʻmaklashish va oʻqituvchilarga oʻz darslarini samarali qilishlari uchun hozirgi zamon talablariga javob beradigan AKT va sunʼiy intellektdan foydalanishlarini YUNESKO loyihasida oʻrganib, oʻrgatish

Siz ham Axmedova Dildora Baxtiyorovna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?

Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.

📝 Hikoya qo'shish