✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Ashurova Saodat Shonazarovna
📍 Hudud
Toshkent / Chilonzor tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
26 yil Navoiy shahridagi 17-maktabda ishlaganman. 2 yildan beri O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyida ishlayman
📘 Fan
Ona tili va adabiyot
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
28 yillik stajga ega oliy toifali ustozman.
Oliy toifani ham qayta-qayta himoya qilganman. Oxirgi marta 2021-yilda 100 foizlik natija bilan himoya qilganman.
2025-yil oktyabrda o’zbek tili ustozlari o’rtasida O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovga bag’ishlab o’tkazilgan 70 mingga yaqin ustoz qatnashgan ,, E-voh” tanlovining respublika bosqichida 3-o’rinni egallab 5 million so’m bilan taqdirlanganman.
2025-yil 1-2-noyabrda ona tili fanidan o’tkazilgan milliy sertifikat imtihoniga guruhimdagi 26 ta o’quvchini birdan qatnashtirdim va hammasi sertifikat olishdi. Guruhimdagi 9 ta o’quvchim 189 ball yig’di va muddatidan oldin grantdagi talaba bo’ldi.
12 yildan beri repetitorlik qilaman. OTMga kiritgan o’quvchilarim soni 300 dan oshiq.
28 yil davomida maktabda va litseyda dars bergan o’quvchilarim soni esa 2000 dan oshadi
2021-yildan buyog’iga natijalarimni bitta kanalimga joylab kelaman. Kanalim havolasi https://t.me/ashurova2025natijalar
📸 Foto va video lavhalar
Siz ham Ashurova Saodat Shonazarovna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.