FU
Fidoyi Ustozlar
👨‍🏫 Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan

Xodjayev Abduboriy Xamidovich

📍 Hudud Toshkent / Yashnobod tumani
🏫 Ta'lim muassasasi 227-maktab
📘 Fan texnologiya (o‘g‘il bolalar)
⏳ Pedagogik staj 16 yil

🏆 Ustozning yutuqlari va pedagogik faoliyati

Oliy toifali texnologiya o‘qituvchisi, 2014-yilda "Yil o‘qituvchisi, 2020-yilda" Xalq taʼlimi aʼlochisi", 2025-yilda Vazir ustamasi

✨ Shogirdlar yutuqlari va hayotiy ta'sir hikoyalari

Hozirgi kunda texnologiya fanidan olimpiadalar yo‘q, lekin chizmachilik fanidan olimpiada bo‘lgan vaqtda chizmachilik fanidan ham dars berganlar(chunki diplomlarida tasviriy sanʼat va chizmachilik fani ham bor). Va o‘sha vaqtlari o‘quvchilari olimpiadada doim yuqori o‘rinlarni egallashgan, o‘zlari esa tasviriy sanʼat va chizmachilik fanidan ham zo‘r mutaxassis

💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?

Abduboriy Xamidovich judayam fodoyi ustoz! Jamoada o‘z hurmatiga ega. Qo‘lida gulday hunari bo‘lib, yaxshi daromadli ishlardan takliflar tushganida ham o‘z o‘qituvchilik kasbida qolgan. O‘z xonasida o‘quvchilar uchun hatto o‘z mehnati va o‘z hisobiga sharoitlar qilib, hattoki xonaning chirib ketgan pol qismini taʼtil vaqtida o‘zlari taʼmirlab, yangi o‘quv yiliga tayyorladila. Doim o‘z ustida ishlab, o‘qib, fanlari yuzasidan yangiliklarni o‘rganib boradila. Bu ustoz judayam kamtar, o‘quvchilarga esa taʼlim bilan tarbiyani birday olib borayotgan inson. Shaxsan o‘zim maktablarga erkak o‘qituvchilarni ko‘proq jalb qilish uchun hattoki ular uchun alohida ustama joriy qilinishi tarafdoriman. Chunki maktablarda o‘g‘il bolalar tarbiyasida erkak o‘qituvchilar judayam zarur deb hisoblayman

Siz ham Xodjayev Abduboriy Xamidovich haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?

Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.

📝 Hikoya qo'shish