✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Nomozova Shaxnoza Rajabovna
📍 Hudud
Qashqadaryo / Qarshi tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
19-maktab
📘 Fan
Boshlang‘ich taʼlim
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
1997-1998-o‘quv yilidan buyon boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqdaman.
1-toifali,ona tilidan A darajali sertifikatim, rus tilidan C1 sertifikatim bor. Maktabda metod sho‘ba rahbariman, yetakchi o‘qituvchiman. O‘zimni maqtashim noqulay-u.
Hamkasblarim kreativ ustoz deb eʼtirof etishadi . Ish uslubim doim yangilik yaratishga intilaman. O‘quvchilar har bir darsdan yangi, asosiysi foydali maʼlumot olishlari uchun harakat qilaman. Ishimni oiladan ham ustun qo‘yishimdan baʼzida eʼtiroz ham eshitaman.
Bo‘sh o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarga qattiq eʼtibor beraman. Hatto uyimgayam olib kelib dars o‘taman. Albatta bepul. Qo‘shimcha dars o‘tganim uchun pul olishni xohlamayman. Alloh qodir qilguncha o‘rgatishni niyat qilaman. Ilm o‘rganishga intiluvchi o‘quvchilarni doim qo‘llab-quvvatlayman. Albatta qo‘ldan kelgunicha.
Zero
Ilmni asrabon netgumdir oxir,
Olib tufroqqamu ketgumdir oxir.
📸 Foto va video lavhalar
Siz ham Nomozova Shaxnoza Rajabovna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.