✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Rajabov Jamshid
📍 Hudud
Qoraqalpog‘iston Respublikasi / Amudaryo tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
26-sonli umumiy oʻrta ta'lim maktabi
📘 Fan
Informatika va axborot texnologiyalari
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
Hozirgi kunda men 26-maktabda 0.4 stavka(7 soat)da informatika oʻqituvchisi boʻlib ishlayman.
2020-2024-yillarda Qoraqalpoq davlat universitetini Amaliy matematika yoʻnalishini qizil diplom bilan tugatganman.
2024-yil shu universitetga magistraturaga kirganman.
📌2024-yil kuzgi attestatsiyada 76 ball bilan ikkinchi toifani
📌2025-yil bahorgi attestatsiyada 80 ball bilan birinchi toifani
📌2025-yil kuzgi attestatsiyada 88 ball bilan oliy malaka toifasini va 70% ustamani qoʻlga kiritdim.
Shu tariqa ketma-ket 3 ta attestatsiya sinovlarida muvaffaqiyat qozonib tuman oʻqituvchilari, direktorlari nazariga tushdim.
2026-yilning kuzida vazir jamgʻarmasi uchun suhbatga taklif qilishdi va suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtib 2026-2027-oʻquv yilida vazir jamgʻarmasini olish huquqiga ega boʻldim.
2025-2026- oʻquv yilida Informatika fanidan oʻqitivchilar olimpiadasida tuman bosqichida 1-oʻrinni, Qoraqalpogʻiston respublikasi bosqichida 1-oʻrinni olib , Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdim.
2025-2026-yilgi fan olimpiadasiga 10-sinf 2 nafar oʻquvchilarni qisqa muddat ichida tayyorlab olimpiadaning tuman bosqichida 2-3-oʻrinni olishiga hissa qoʻsha oldim.
2026-yil magistraturani ham a'lo baholarga tugalladim.
Maktabdagi faoliyatimda men umumta'lim, oddiy davlat maktabida 130% ustamaga ega oliy toifali oʻqituvchiman.
50% xalqaro informatika sertifikati uchun.
70% 86+ ball uchun.
10% direktor jamgʻarmasi uchun.
Toʻliq stavka ishlasam oddiy maktabda oyiga 18.000.000 sum oladigan yosh oʻqituvchi boʻlar ekanman😅
Siz ham Rajabov Jamshid haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.