👨🏫
Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Karimova Manzura Abduqodirovna
📍 Hudud
Namangan / To'raqo'rg'on tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
37-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi
📘 Fan
Boshlang‘ich ta‘lim
⏳ Pedagogik staj
25 yil
🏆 Ustozning yutuqlari va pedagogik faoliyati
Karimova Manzura Xalq ta‘limi a‘lochisi, Xalq tail‘mi fidoyisi ko‘krak nishonlari sovrindori. Yil o‘qituvchisi tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi, oliy toifali ustoz, minglab shogirdlarning ustozi. 4-sinflar "Ona tili opqish savodxonligi " darsligi hammuallifi. Namangan viloyat boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining mentor o‘qituvchisi. Ko‘plab maqolalari Rrspublika " Boshlang‘ich ta‘lim" jurnalida chop etilgan.
✨ Shogirdlar yutuqlari va hayotiy ta'sir hikoyalari
Shog‘irdlari tuman va viloyat turli tanlovlarida g‘olib bo‘lishgan. Masalan, " San‘at g‘unchalari" ko‘rik tanlovi, " Insholar tanlovi", " Kichik olimpiada" tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari boplidhgan. O‘nlab o‘quvchilari Prezident maktabi o‘quvchilari
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
Men Namangan viloyatida o‘z o‘rni va nufuzi bor 37- maktabni Karimova Manzurasiz tasavvur qila olmayman. Maktab kasaba uyushma qp‘mitasi raisi, har jabhada ilg‘or, o‘z ustida tinimsiz ishlovchi tirishqoq va fidoyi ustoz. Ko‘plab shogirdlarning katta hayot ostonasida o‘z yo‘lini topishiga ko‘makchi bo‘lgan sevimli o‘qituvchi. Hozirda maktabimizda 78 nafar o‘qituvchi bo‘lsa, shulardan 15 nafardan oshig‘i Manzuraxon ustozning boshlang‘ich sinfda dars bergan o‘quvchilari. Ular ham huddi ustozkaridek chuqur bilimli, keng mulohazali, huddi ustozlaridek kuydi-pishdi ustozlar bo‘lib, maktabimizni har jabhada yuksaklarga ko‘tarishmoqda.
Boshlang‘ich ta‘lim metod birlashmasi raxbari sifatida juda ko‘plab maqolalar, tezislar chop ettirib, ochiq darslar, turli tadbirlar uyushtirib keladilar
Siz ham Karimova Manzura Abduqodirovna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.