👨🏫
Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Allamova Sadoqat Akbarovna
📍 Hudud
Buxoro / Shofirkon tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
28-maktab
📘 Fan
Nemis tili
⏳ Pedagogik staj
20 yil
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
📍 Buxoro viloyati, Shofirkon tumani
🏫 Ish joyi: 28-maktab
📘 Fan: Nemis tili
🎓 Ma’lumoti: Oliy, magistr
📆 Ish staji: 18 yil
👩🏫 Faoliyati: Tuman miqyosida nemis tili mentori
🏅 Til bilish darajasi: Milliy va xalqaro Gyote-Institutining C1 darajadagi til bilish sertifikatlari sohibasi
📨 Loyihaga taqdim etgan:
Allamova Sadoqat Akbarovna
📝 Ustoz hikoyasi
❝ 🎓 2007-yilda Buxoro davlat universitetini tamomlagan, magistr darajasiga ega. 18 yillik pedagogik faoliyati davomida nemis tilini o‘qitish sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish va yosh avlodning xorijiy tillarni puxta egallashiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
🏆 2011-yil — “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘olibi.
🥇 2012-yil — o‘quvchisi “Bilimlar bellashuvi”ning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan.
🌟 2016-yil — oliy malaka toifasini olgan va uni uch marta muvaffaqiyatli himoya qilgan.
📚 2017-yil — “Yilning eng yaxshi dars ishlanmasi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘olibi.
🌍 Uch marta Germaniyada malaka oshirgan. Xalqaro tajriba va zamonaviy ta’lim metodikalarini o‘zlashtirib, ularni dars jarayonida samarali qo‘llab kelmoqda.
🇩🇪 Nemis tilidan milliy va xalqaro Gyote-Institutining C1 darajadagi til bilish sertifikatlari sohibasi. Yuqori darajadagi til kompetensiyasi va xalqaro tajribasi bilan kasbiy mahoratini muntazam rivojlantirib kelmoqda.
🏅 2021-yil — “Yilning eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi.
👩🏫 Shofirkon tumanida nemis tili mentori sifatida faoliyat yuritib, hamkasblarining kasbiy rivojlanishi, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim sifatini oshirishga hissa qo‘shmoqda.
✨ Toshkentdagi Gyote institutining bir qator loyihalarida faol ishtirokchi. Nemis tilini o‘qitishning zamonaviy usullarini o‘rganish, xalqaro tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish va o‘z kasbiy salohiyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratadi.
📖 Maqolalari viloyat va respublika matbuotida bir necha bor nashr etilgan. “Odob, axloq va tarbiya” nomli o‘quv qo‘llanmasining hammuallifi sifatida ta’lim-tarbiya sohasiga ham munosib hissa qo‘shgan.
🏆 2023 va 2026-yillar — vazir ustamasi sohibi.
🥇 2026-yil — “Yil o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘olibi.
🌟 Pedagogik tajribasi va samarali ish faoliyati ikki marta respublika miqyosida ommalashgan. O‘quvchilari fan olimpiadalarining tuman va viloyat bosqichlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Siz ham Allamova Sadoqat Akbarovna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.