👨🏫
Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Asqarov Foziljon
📍 Hudud
Farg'ona viloyati / Uchko'prik tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
20- maktab
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
Ustozim Uchkoʻprik tumanidagi "Ziyo"-ixtisoslashgan maktab internatida faoliyat yuritgan davrlarida shu maktabda tahsil olgan oʻquvchilaridan biriman.
Ustoz bizga maktabda tarix, huquq fanidan dars berishardi, soʻngra toʻgarakda shugʻullanishar edi. Kamiga xonadonlardan birida kechki dars ham oʻtishar edi. Darsdan soʻng bizlarni oʻzlarining velosipedlarida uyimizga tashlab qoʻyishardi, lekin bir soʻm ham pul yoki boshqa narsa olishmagan. Hamma oʻquvchilari OTM lar talabasi boʻlishgan. Hozir bunday jonkuyar ustozlar kam.
Meni ustozim- haqiqiy qahramon ustoz, men ularni qahramon ustoz milliy bazasiga qoʻshilishlarini juda istayman.
📌 Qo'shimcha ma'lumot
Oliy toifali, xalq taʼlimi alochisi, yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi tanlovi viloyat bosqichi 2 oʻrin sohibi va hozirda nafaqadagi fidoyi ustoz
Siz ham Asqarov Foziljon haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.