👨🏫
Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Adinayev Sirojiddin
📍 Hudud
Surxondaryo / Jarqo'rg'on tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
66-maktab
📘 Fan
Maktab direktori
⏳ Pedagogik staj
19 yil
🏆 Ustozning yutuqlari va pedagogik faoliyati
Adinayev Sirojiddin Abdullayevich
📍 Jarqo'rg'on tumani, Surxondaryo
🏫 66-maktab
📘 Fan: Jismomiy tarbiya, Boks treneri
📆 Ish staji: 19 yil
📨 Loyihaga taqdim etgan: Adinayev Sirojiddin Abdullayevich
Mehnat faoliyatim
❝ 1.2006-2012-yilgacha Jismoniy tarbiya fan o'qituvchisi,
2. 2012-2013-yilgacha Jarqo'rg'on tuman madaniyat va sport ishlari bo'limining sport bo'yicha bosh mutaxasisi lavozimida ishladim.
3. 2013-2023-yilgacha Jarqo'rg'on tuman sport maktabida boks trereri lavozimida ishladim.
4. 2023-yil oktabr oyidan 2024-yil 20-martga qadar Jarqo’rg’on tuman 66-sonli maktab direktori lavozimida ishladim.
5. 2024-yil mart oyidan 2026-yil 1-iyunga qadar Jarqo’rg’on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’lim boshlig’i lavozimida ishladim.
6. 2026-yil 1-iyundan buyon Jarqo’rg’on tuman 66-sonli maktab direktori lavozimida faoliyat yuritmoqdaman.
📝 Ustoz hikoyasi
2019-yilda shogirti Kattaqulov Fazliddin Rossiya Davlatida o'tkazilgan Boks bo'yicha Jahon kubog'i g'olibi
2. 2020-yil Oliy toifali Boks treneri bo'lganman.
3. 2024-yil tumanda ta'lim sifatini oshirish maqsadida fanlar kesimida maktablarda "Yosh bilimdon" fan olimpiadasini tashkil qildim, "Yosh bilimdon" maxsus ko'krak nishonini joriy qilib g'olib va sovrindorlarni munosib taqdirladim.
4. Jarqo'rg'on tumanida maktablarning moddiy texnik bazasini rivojlantirish maqsadida "Open budjet"da 12 ta loyihada g'olib dep topildim va maktablarning moddiy texnik bazasini yaxshiladim.
5. O'zim tahsil olgan Qoraqursoq MFY da joylashgan 11-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabini mahalla bilan hamkorlikda "Open budjet" loyihasida g'olib bo'lib tamirlab zamonaviy ko'rinishga keltirdik.
6. Qoraqursoq mahalla yoshlarini murojatini inobatga olib mahallada joylashgan qarovsiz maydonni Futbol o'yingohiga aylantirganman.
7. Tumandagi har bir maktabda ta'lim sifatini oshirish maqsadida fan to'garaklari, mahallalar bilan birgalikda mahalladan o'quv markazlarini tashkil qildik.
8. Maktablarda bo'sh turgan binolardan unumli foydalanish maqsadida sport turlaridan to'garaklar tashkil qildim.
9.Jarqo'rg'on sport maktabi bilan memorandum imzolab maktablarda sport musobaqalarini tashkil qildim. O'quvchilar orasida viloyat, respublika, osiyo, jahon chempionatlarida g'olib va sovrindorlar yetishib chiqdi.
Yutuqlarim:
1. 2019-yilda shogirtim Kattaqulov Fazliddin Rossiya Davlatida o'tkazilgan Boks bo'yicha Jahon kubog'i g'olibi
2. Abdusamadov Asilbek Osiyo chempionati Abu Dabi shahri 2024-yil kumush medal, 2026-yil Rossiya davlatida o'tkazilgan Euro aziya kubogida oltin medal bilan taqdirlandi.
3. Oliy toifadagi Boks murabbiyi bo'ldim .
4. 2024-yil sentabr oyida Maktabgacha va Maktab ta'limi bo'limi mudirlarini kasb sertifikatini oldim.
5. 2024-yil Rossiya davlatini Kazan shahrida bo'lib o'tgan ta'lim sifatini oshirish bo'yicha tajriba almashish seminarida faol ishtirok etdim va SERTIFIKAT bilan taqdirlandim
6. Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanida nogironligi bo'lgan insonlarni ish bilan taminlashda eng yuqori ko'satkich qilganligim uchun O'zbekiston "Veteran" jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi tomonidan "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun" ko'krak nishoni bilan mukofotlandim.
7. 2024-yil Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan
"2024-yilning eng yaxshi ta’lim rahbari" nominatsiyasi g'olibi bo'ldim.
7. 2025-yil Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan
"2025-yilning eng yaxshi ta'lim rahbari" deb taqdirlandim.
8. 2025-yil dekabr oyida "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI A'LOCHISI" ko'krak nishoni bilan taqdirlandim.
9. 2025-yildan buyon Jarqo'rg'on tumanidagi mahalla yoshlarining murojatlarini inobatga olib 66-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabda Bahodir Jalolov nomiga Boks to'garagini tashkil qildim.
10. 2026-yil may oyida "JISMONIY TARBIYA VA SPORT A'LOCHISI" ko'krak nishoni bilan mukofotlandim.
✨ Shogirdlar yutuqlari va hayotiy ta'sir hikoyalari
9.Jarqo'rg'on sport maktabi bilan memorandum imzolab maktablarda sport musobaqalarini tashkil qildim. O'quvchilar orasida viloyat, respublika, osiyo, jahon chempionatlarida g'olib va sovrindorlar yetishib chiqdi.
1. 2019-yilda shogirtim Kattaqulov Fazliddin Rossiya Davlatida o'tkazilgan Boks bo'yicha Jahon kubog'i g'olibi
2. Abdusamadov Asilbek Osiyo chempionati Abu Dabi shahri 2024-yil kumush medal, 2026-yil Rossiya davlatida o'tkazilgan Euro aziya kubogida oltin medal bilan taqdirlandi.
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
Har bir o'qituvchining hayotida kasbiy qarashlarini tubdan o'zgartirib yuboradigan, unga chinakam ma'noda qanot bag'ishlaydigan ustozlar bo'ladi. Harbiy oila bo'lganimiz sababli O'zbekistonning turli viloyatlarida yashab, ko'plab maktablarda faoliyat yuritdim, qancha-qancha rahbarlarni ko'rdim. Lekin Surxondaryo zaminiga ko'chib kelib, ustoz Sirojiddin Adinayev bilan tanishganim hayotimdagi eng muhim burilish nuqtalaridan biri bo'ldi.
U kishining o'z shaxsiy vaqtini, tinchligini hatto oilaviy osoyishtaligini ham chetga surib qo'yib, maktab uchun, kelajak avlod va mahalla bolalari uchun ko'rsatayotgan fidokorona xizmatlari yuragimni chuqur iz qoldirdi
"Agar ustoz o'quvchini yaxshi o'qita olmasa..."
Ustozning ko'plab o'gitlari orasida bitta jumla borki, u hamisha qulog'im ostida jaranglab, meni tinimsiz o'ylashga, o'z ustimda ishlashga majbur qiladi:
"Agar ustoz o'quvchini yaxshi o'qita olmasa, jamiyatimizda yana bitta kambag'al paydo bo'ladi."
Bu so'zlarning tagida qanchalik ulkan haqiqat va mas'uliyat yotibdi! Haqiqatdan ham, o'qituvchi o'z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab, bolani chuqur ilmli qilib tarbiyalay olmasa, ertaga u hayotda o'z o'rnini topishda qiynaladi, oddiygina ishchi darajasida qolib ketishi mumkin. Bu esa jamiyatimizda kambag'allar sonining ortishiga sabab bo'ladi. Ana shu birgina ogohlantiruvchi va hushyor torttiruvchi gap menda kuchli turtki berdi: bor kuchimni ayamay, yanada shijoat bilan ishlashga, har bir darsimga mas'uliyat bilan yondashishga undadi.
Chinakam suyanchiq va qanot bo'la olgan rahbar
Ustoz Sirojiddin Adinayevning nafaqat o'quvchilarga, balki har bir o'qituvchiga ko'rsatadigan g'amxo'rligi, qo'llab-quvvatlashi tahsinga loyiq. O'zi aslida insonga oddiygina "barakalla" degan samimiy so'zning o'zi ham qanchalik katta kuch, motivatsiya beradi. Lekin u kishi shunday darajada qo'llab-quvvatlaydilarki, charchash nimaligini unutib, g'ayrat bilan ishlaysiz. U zot har doim sizga qanot, og'ir damlarda esa ishonchli suyanchiq bo'la oladilar.
Bugun ortga nazar tashlab o'ylayman: bunday fidoyi, o'z kasbiga sadoqatli va atrofdagilarga nur ulashuvchi insonlar bilan bir jamoada ishlashning o'zi katta baxt.
Siz ham Adinayev Sirojiddin haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.