FU
Fidoyi Ustozlar
👨‍🏫 Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan

Murodova Nasiba

📍 Hudud Toshkent viloyati / Bo'ka tumani
🏫 Ta'lim muassasasi 46-maktab
📘 Fan Ona tili
⏳ Pedagogik staj 25 yil

🏆 Ustozning yutuqlari va pedagogik faoliyati

Hayotda shunday insonlar bo‘ladiki, ular nafaqat bilim beradi, balki o‘zining fidoyiligi, mehnatsevarligi va shaxsiy namunasi bilan inson taqdirini o‘zgartiradi. Men uchun ana shunday inson — mening ustozim. Ustozim ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, oliy toifali, o‘z kasbining haqiqiy bilimdoni va tom ma’noda kuchli pedagog. Ustozimning dars berish mahorati, talabchanligi, o‘z ustida tinimsiz ishlashi va shogirdlariga bo‘lgan samimiy e’tibori men uchun doimo ibrat maktabi bo‘lib kelgan. Men “Yil o‘qituvchisi — 2026” tanlovida g‘olib bo‘lgan bo‘lsam, bu muvaffaqiyat ortida ustozimning ham beqiyos hissasi bor, deb bilaman. Menga bildirgan ishonchi, bergan maslahatlari, o‘rgatgan saboqlari va ruhiy ko‘magi eng qiyin damlarda ham oldinga intilishimga kuch berdi. Bugungi yutug‘imni faqat o‘z mehnatimning natijasi deb hisoblamayman. Chunki har bir shogirdning muvaffaqiyati ortida uni tarbiyalagan, yo‘l ko‘rsatgan va unga ishongan ustozning mehnati mujassam. Men ustozimni shunchaki bilim beradigan o‘qituvchi emas, balki o‘z kasbiga sadoqatli, shogirdlarining yutug‘idan chin dildan quvonadigan, boshqalarning kamolotini o‘z baxti deb biladigan haqiqiy fidoyi ustoz sifatida qadrlayman. Bugun men ustozimni e’tirof etish, uning ko‘p yillik mehnati va shogirdlar kamoloti yo‘lidagi xizmatlariga munosib baho berilishiga hissa qo‘shish maqsadida ushbu loyihaga tavsiya qilmoqdaman.

✨ Shogirdlar yutuqlari va hayotiy ta'sir hikoyalari

Shogirtlaridan biri men. Jahongir Turg'unbayev Maxsudali o'g'li yil o'qituvchisi 2026-yil g'olibi, Vazir ustamasi sohibi olimpiada sovrindor o'quvchilari ham sanoqsiz

💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?

Ustozim — oliy toifali, o‘z kasbining haqiqiy ustasi, fidoyi va mahoratli ona tili o‘qituvchisi. “Yil o‘qituvchisi — 2026” tanlovidagi g‘alabamda ustozimning hissasi beqiyos. Bilimlari, maslahatlari va qo‘llab-quvvatlashlari menga katta kuch bergan. Ustozim nafaqat bilim beradi, balki shogirdlariga yuksak marralar sari yo‘l ko‘rsatadi. Shunday fidoyi ustozning shogirdi ekanimdan faxrlanaman!

Siz ham Murodova Nasiba haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?

Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.

📝 Hikoya qo'shish