👨🏫
Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Turğunov Zokirjon Xojimamatoviç
📍 Hudud
Farg'ona viloyati / Rishton tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
39-maktab
📘 Fan
Direktor
⏳ Pedagogik staj
35 yil
🏆 Ustozning yutuqlari va pedagogik faoliyati
Har bir ta’lim dargohining muvaffaqiyati, eng avvalo, uning rahbariga, adolat va halollik tamoyillariga qanchalik sodiqligiga bog‘liq. 39-maktabda oddiy o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgan har bir xodim bu borada o‘ziga xos haqiqatning guvohi bo‘lishi aniq. Aslida, maktab direktorimiz Zokirjon Turg‘unov haqida har qancha gapirsak oz, bu yerda u kishining uzoq yillik mashaqqatli mehnatlaridan faqat bir shingilini keltiryapmiz, xolos.
Zokirjon Turg‘unov o‘z kasbiga o‘ta fidoyi, maktabi uchun tom ma’noda jonini fido qilgan inson. U kishining ta’lim tizimidagi ulkan xizmatlari davlatimiz tomonidan ham munosib e’tirof etilib, "Xalq ta’limi a’lochisi" unvoni bilan taqdirlanganlar. Bugun u kishini nafaqat o‘z jamoamiz, balki butun tumanimizdagi barcha rahbarlar va barcha maktab direktorlari chuqur hurmat qiladi.
Korrupsiyaga qarshilik va halollik
Rahbarlik faoliyatida adolat va shaffoflik eng asosiy mezon qilib belgilangan. Dars taqsimotidan tortib, har bir jarayonni adolatli yo‘lga qo‘yishda u kishi doimo ustozlarga ko‘makdosh bo‘lib keladilar. Ko‘pchilik guvoh bo‘lganidek, xodimlarni ishga olishda hech qanday korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi — nomzodlar ma’muriyat bilan birgalikda o‘tkaziladigan ochiq suhbat asosida, faqatgina o‘z bilim va salohiyatiga ko‘ra saralanadi.
Qat’iy nazorat va xalq manfaati
Maktabda olib boriladigan har qanday qurilish yoki ta’mirlash ishlari belgilangan me’yor va standartlarga qat’iy rioya qilingan holda nazorat qilinadi. Qurilish tashkilotlarining manfaatini ko‘zlab noqonuniy ishlarga yo‘l qo‘yilishi mutlaqo kuzatilmagan.
Eng muhimi, Zokirjon Turg‘unov oddiy oiladan chiqqan bo‘lishiga qaramay, xalqning farzandlari taqdiriga aslo loqeyd qaramaydi. Har yili qish mavsumida keltiriladigan ko‘mirlarning sifatsizligiga qarshi kurashib, xalq manfaati yo‘lida yuqori idoralarga murojaat qilgani, shu yo‘lda ko‘plab tazyiqlarga uchrasa-da, ortga chekinmagani uning qanchalik jasur va adolatsizlikka murosasiz rahbar ekanini ko‘rsatadi. Isitish tizimini yaxshilash va bolalarning iliq sharoitda o‘qishi uchun u kishi har bir masalani oxirigacha himoya qiladi.
Asosiy e’tibor — ta’lim sifatiga
Maktabda ortiqcha, ta’limga daxli bo‘lmagan ishlarga aslo yo‘l qo‘yilmaydi. Barcha sa’y-harakatlar faqat sifatli ta’limni ta’minlashga, o‘quvchilar uchun fan klublari, foydali tadbirlar va musobaqalar tashkil etishga qaratilgan.
Xulosa o‘rnida
Oddiy oiladan chiqqan, haqiqat va adolat yo‘lida tinimsiz intiladigan, el-yurt va hamkasblar hurmatini qozongan bunday rahbarlarning ish faoliyati katta maktabdir. Butun respublikadagi maktab rahbarlariga ushbu ustozning boy ish tajribasini o‘rganib, o‘z ta’lim muassasalarida keng qo‘llashlarini tavsiya qilgan bo‘lardim. Zero, bunday adolatli va fidoyi boshqaruv maktablarda ta’lim sifatini keskin oshirishga juda ham katta hissa qo‘shishi shubhasiz.
✨ Shogirdlar yutuqlari va hayotiy ta'sir hikoyalari
Xalq taʼlimi aʼloçisi
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?

Siz ham Turğunov Zokirjon Xojimamatoviç haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.