✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Ahmedov Zulfiqor
📍 Hudud
Andijon / Andijon shahri
🏫 Ta'lim muassasasi
Andijon shahar 5 orta umumtalim maktabi
📘 Fan
Matematika
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
Assalomu alaykum men Ahmedov Zulfiqor 1951 yili Andijon shahrida tug'ilganman. 1972 yili Andijon Davlat Pedagogika lnstitutining fizika-matematika
fakultetini tamomlab, shu yili Andijon shahridagi 5 umumiy o'rta ta'lim maktabiga yo'llanma bilan matematika o'qituvchisi etib ishga tayinlandim. SHundan buyon faqat bir joyda ya'ni shu maktabda matematika fanidan yoshlarga saboq berib kelmoqdaman. Bu yil faoliyatimning 55 yilini boshladim.Toifam oliy. Yillar davomida yuzlab o'quvchilarni tayyorlab, ularning yurtimizdagi va xorijiy davlatlardagi oliy o'quv yurtlariga kirishiga, shahar, viloyat, respublika olimpiadalarida faxrli o'rinlar olishiga sababchi bo'ldim. SHogirdlarim xalq xo'jaligining turli sohalarida mehnat qiliv, vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qoshib kelmoqdalar. Ular orasida o'zim 5 sinfdan boshlab tayyorlagan olimlar ham bor. Bundan tashqari tajribalarimni to'plab, " Oliy o'quv yurtlariga kiruvchilar uchun matematikadan o'quv qo'llanma" "Oliy o'quv yurtlariga kiruvchilar uchun geometriyadan o'quv qollanma "Tengsizliklar va ularni isbotlash usullari" "Oquvchilarni olimpiadalarga tayyorlashda mantiqiy fikrlashga o'rgatish" "Boshlang'ich sinflar uchun matematikadan o'quv qo'llanma" kabi uslubiy qo'llanmalarimni yoshlarga taqdim etdim. Xizmatlarim uchun maktab shahar va viloyat xalq ta'limi boshqarmasi shahar hokimligi xalq ta'limi vazirligi faxriy yorliqlari hamda "Mustaqillikning 30 yilligi" va "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishonlari bilan taqdirlanganman.
Siz ham Ahmedov Zulfiqor haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.