👨🏫
Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Rizzayev Yusupjon
📍 Hudud
Namangan / Yangiqo'rg'on tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
Yangiqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktab
🏆 Ustozning yutuqlari va pedagogik faoliyati
1991-yilda O'zbekiston Xalq ma'rifi xodimi
Yutuqlari: 1991-yilda O'zbekiston Xalq ma'rifi xodimi
✨ Shogirdlar yutuqlari va hayotiy ta'sir hikoyalari
Ustozni o'quvchilari asosiy fan olimpiadasida respublikada o'rin olgan
Shogirdlari yutuqlari: Ustozni o'quvchilari asosiy fan olimpiadasida respublikada o'rin olgan
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
Ustozni butun Yangiqo‘rg‘on tumani taniydi, fidoi ustozlar, 40 yildan ortiq tajribali ustozlar. Respublika olimpiadasida o‘quvchilari o‘rin olgan. 1990-yil O‘zbekistonda Xizmat ko‘rsatgan xalq ta‘lim maorif xodimi ni olganlar
O‘qituvchilik – shunchaki kasb emas, balki fidoyilik va buyuk mas’uliyatni talab etadigan muqaddas burchdir. Men o‘zim ham matematika fani o‘qituvchisi sifatida, qariyb yarim asrdan ziyod umrini ta’lim-tarbiyaga, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga bag‘ishlab kelayotgan ulug‘ ustozimiz – Rizzayev Yusupjon bilan birga faoliyat olib borayotganimdan, u kishi bilan hamkasb ekanligimdan g‘ururlanaman.
1953-yilda tavallud topgan Yusupjon ustozimiz mehnat faoliyatini 1974-yilda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 21-sonli maktabda boshlaganlar. Yillar davomida tumanning 43- va 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga ilm-fan sirlarini qunt bilan o‘rgatdilar. 1996-yildan e’tiboran Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 10-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida, keyinchalik esa Namangan shahridagi 8-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida samarali mehnat qildilar.
Ustoz 2008-yilda rasman pensiya yoshiga yetgan bo‘lsalar-da, matematika faniga va pedagogika sohasiga bo‘lgan cheksiz sadoqatlari sababli mehnat faoliyatini to‘xtatmadilar. U kishi hozirgi kunda ham maktabimizda yoshlarga matematika fanidan chuqur bilim berib, shogirdlar va yosh o‘qituvchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib kelmoqdalar.
Biz – hamkasblari uchun Yusupjon ustoz har doim alohida namuna bo‘lib kelganlar. U kishining dars o‘tishdagi puxtaligi, murakkab matematik tushunchalarni sodda va tushunarli tilda tushuntira olish san’ati, har bir o‘quvchining ruhiyatiga yo‘l topa bilishi hamda kasbga bo‘lgan yuksak mas’uliyati hammamizga ibratdir. Maktabimizda ustozdan har kuni boy tajriba va pedagogik mahorat saboqlarini olmoqdamiz.
Yusupjon ustoz kabi fidoyi insonlarning boy mehnat yo‘li va berayotgan o‘gitlari biz kabi hamkasblari va yuzlab shogirdlari qalbida hamisha hurmat va e’zozda. Ustozimizga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat va ta’lim fidoyiligi yo‘lidagi sharafli ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Siz ham Rizzayev Yusupjon haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.