FU
Fidoyi Ustozlar
Bozarova Saodat O‘rinovna
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan

Bozarova Saodat O‘rinovna

📍 Hudud Qashqadaryo / Yakkabog' tumani
🏫 Ta'lim muassasasi Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi 2-IMI. Hozir nafaqadalar

💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?

Men “Qahramon pedagoglar” loyihasiga 67 yoshli, 35 yillik pedagogik tajribaga ega ustozimni tavsiya qilaman. U kishi Yakkabog‘ tumanining chekka qishlog‘ida faoliyat olib borib, mingdan ortiq shogird yetishtirganlar. Shogirdlari orasida Respublika fan olimpiadalarida qatnashgan o‘quvchilar ham bor. Ustozimning darsni chin yurakdan o‘tishlari va kasbiga bo‘lgan fidoyiliklari va jonkuyarliklari hali ham yodimda. Bugun men u kishini shunchaki ustozim bo‘lgani uchun emas, o‘z umrini yosh avlodga ilm berishga bag‘ishlagan inson sifatida “Qahramon pedagog” bo‘lishga munosib deb bilaman.

📌 Qo'shimcha ma'lumot

Ustozim Yakkabog‘ tumanining chekka bir qishlog‘ida uzoq yillar davomida o‘z kasblariga sadoqat bilan mehnat qildilar. Imkoniyatlar cheklangan hududda faoliyat olib borishlariga qaramay, o‘quvchilarini katta marralar sari ruhlantirdilar. Ustoz tarbiyalagan o‘quvchilar Respublika fan olimpiadalarida ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etganlar. U kishining darslarini kuzatgan inson ustozlik oddiy kasb emas, balki qalb bilan bajariladigan buyuk mas’uliyat ekanini his qilardi. Men ham u kishining chin yurakdan, bor mehr va ishonch bilan dars o‘tganlarini hali-hanuz yaxshi eslayman. Har bir o‘quvchiga e’tibor, har bir darsga mas’uliyat bilan yondashishlari, kasblariga bo‘lgan muhabbatlari men uchun hamisha ibrat bo‘lib kelgan. Afsuski, uzoq yillar chekka hududda fidokorona mehnat qilganlari yoki o‘zlarini hech qachon oldinga surmagan kamtarliklari sababli u kishi davlat mukofotlari bilan taqdirlanmaganlar. Ammo menimcha, haqiqiy ustozning mehnatini faqat mukofot yoki unvon bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Mingdan ortiq shogirdning qalbida qolgan iz, ularning hayotdagi yutuqlari va ustozini minnatdorlik bilan eslashi — eng katta e’tirofdir. Shunday insonlar borki, ular o‘z hayotini shov-shuvsiz, kamtarlik bilan, ammo katta fidoyilik bilan kasbiga bag‘ishlaydi. Men ustozimni ana shunday chin ma’nodagi Qahramon pedagoglardan biri, deb bilaman. U kishini ushbu loyihaga tavsiya etar ekanman, yillar davomida chekka hududda minglab qalblarga ilm va tarbiya nurini ulashgan fidoyi ustozning mehnati munosib e’tirof etilishiga chin dildan ishonaman!

Siz ham Bozarova Saodat O‘rinovna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?

Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.

📝 Hikoya qo'shish