👨🏫
Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Xasanboyev Shukrullo Mahmudjon oʻgʻli
📍 Hudud
Farg'ona viloyati / Yozyovon tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
21
📘 Fan
Ona tili va adabiyot
⏳ Pedagogik staj
5 yil
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
#Seni_farzandining_Yozyovon!
ShUKRILLO XASANBOYEV
,,YIL OʻQITUVCHISI" G‘OLIBI!
21-maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchi Shukrillo Xasanboyev "Yil oʻqituvchisi - 2026" tanlovida gʻolibi boʻldi. U 2016-yil Fargʻona davlat universitetining Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili fakultetiga qabul qilinadi. 2020-yili mazkur oliy oʻquv yurtini muvaffaqiyatli tamomlab Suvliariq qishlogʻidagi 21-maktabda pedagoglik faoliyatini boshlagan.
Yosh ustoz qisqa davr mobaynida oʻz bilimi hamda tirishqoqligi tufayli ikki yilda oliy malaka toifasiga erishdi.
2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri ustamasi sohibiga aylandi. 2023-yildan to shu vaqtga qadar uch marotaba Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tashkil etilgan milliy sertifikat imtihonlarida uch karra "A+" darajani qoʻlga kiritgan.
2022-yili MMTV tomonidan tashkil etilgan "Yoshlar teatr studiyalari" tanlovida maktab oʻquvchilari bilan suratga olgan Mahmudxoʻja Behbudiyning "Padarkush" dramasi viloyat miqyosida faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
2025-yilning kuzgi pedagog kadrlar ettestatsiya sinovida 92 ballni qoʻlga kiritib, 70 foizlik ustama va "Yil oʻqituvchisi" tanlovining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtdi.
Ushbu tanlovning 2-bosqichida Margʻilon shahridagi 24-maktabida pedagogik mahorat sinovidan oʻtdi. Bunda Shukrullo Xasanboyev tomonidan 9-sinflar uchun "Navoiy - 30" kitobi mavzusida tashkil etilgan dars hakamlar hay'ati tomonidan maksimal 60 ball bilan baholandi. Ovoz yigʻish bosqichida 39,9/40 ballga erishib jami 99,9 ball bilan respublika miqyosida maksimal natija qayd etdi.
3-bosqichda kitobxonlik yuzasidan tashkil etilgan sinovda 93,8 ball bilan "Yil oʻqituvchisi - 2026" tanlovi gʻolibiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 28 apreldagu 264-son qaroriga asosan, Shukrillo Xasanboev Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Eng quvonchli tomoni, Shukrillo Xasanboev 2019-yili ,,Markaziy Farg‘ona" gazetamiz tahririyatida amaliyot o‘tagan.
Izlanuvchan yosh pedagogning bunday marraga erishishi, tabiiyki, kelgusi avlodning ishonchli kelajagi kafolatidir. Ustozga kelgusi faoliyatiga zafarlar tilab qolamiz!
Siz ham Xasanboyev Shukrullo Mahmudjon oʻgʻli haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.