👨🏫
Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Haydarova Hamrogul
📍 Hudud
Buxoro / Qorako'l tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
15 maktabda ishlab nafaqaga chiqqanlar
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
U kishi menga maktabda ham dars berganlar ona tili va adabiyot fanidan metodlari juda zo'r edi u kishiga havas qilib ustoz bo'lganman ,ham menga repetitorlik qilganlar 4 yil bir so'm ham pul to'lamay kurslarida o'qiganman(3chi yil o'qishga kirganman 2 marta yiqilganman),chunki opalarim talaba edilar ota onam ulardan orttirib mani kursimga pul bera olmaganlar ,menga o'xshagan o'quvchilari ko'p edi ustozni ,o'qishni xoxlaydigan lekin sharoiti bolmagan o'quvchilarni bepul tayyorlardilar
📌 Qo'shimcha ma'lumot
Yutuqlari ,chiqargan kitoblari ham bo'lishi mumkin lekin man bilmayman agar kerak bo'lsa aniqlab beraman ,o'zim hozir oliy toifali ustozman lekin haligacha u kishiga o'sha kurslarni pulini oilamdan orttirib berolmadim u kishini ko'rishga borganimda ustoz men sizdan qarzdorman albatta qarzimni uzaman deganimda manga pul kerakmas ,o'zing ham o'qishni xoxlagan lekin sharoiti bo'lmagan o'quvchilarni bepul o'qitgin man sandan roziman , sangayam mangayam savobi tegadi , shunda ustozdan qarzimni uzdim deb hisoblagin deganlar
Siz ham Haydarova Hamrogul haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.