👨🏫
Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Azimova Umida Latipovna
📍 Hudud
Buxoro / Buxoro shahri
🏫 Ta'lim muassasasi
20- maktabda
📘 Fan
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
Men 30 yil ish tajribasiga ega o’qituvchiman. Ish faoliyatimni 1996- yildan boshlaganman. Faoliyatim davomida juda ko’p yutuqlarga ega bo’lganman. Men o’qitgan o’quvchilarning ko’pchiligi oliy ta’lim muassasalarida o’qib, turli jabhalarda mehnat qilishyapti.
2012- yildan e’tiboran o’tkazilayotgan seminar-treninglarda, metodik marafonlarda trenerlik qilib kelyapman. Amerikaning Usaid kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Egra va Egma” loyihasida baholovchi sifatida ishtirok etganman.
Ish tajribam 2 marta Respublika, 3 marta viloyatda ommalashgan.
“Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni sohibasiman.
2025- yil dekabrda Koreya davlatida stajirovkaga borib keldim.
“Yil o’qituvchisi” tanlovida hakamlik qildim.
Hozirda boshlang’ich ta’lim bo’yicha Buxoro shahar mentoriman.
Ommalashtirish ishlari bo’yicha Buxoro viloyati bo’yicha hakamlik qilyapman. Dars beradigan sinflarimda o’quvchilarimning bilim sifati 90% dan yuqori. O’zimning ijodimga mansub 30 dan ortiq mualliflik metodlarni ishlab chiqqanman.
Siz ham Azimova Umida Latipovna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.