FU
Fidoyi Ustozlar
Sharipova Shahnoza Jo'rayevna
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan

Sharipova Shahnoza Jo'rayevna

📍 Hudud Buxoro / Vobkent tumani
🏫 Ta'lim muassasasi 1-maktab
📘 Fan Boshlang'ich ta'lim

💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?

Men — boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan, zamonaviy va kreativ yondashuvlarni dars jarayoniga olib kirishga intiluvchi pedagogman. Faoliyatim davomida o‘quvchilar uchun interaktiv metodlar, didaktik o‘yinlar, tarqatma materiallar va innovatsion ta’lim resurslarini yaratib kelmoqdaman. Ish uslubimning asosini ijodkorlik, yangilikka intilish, o‘quvchini darsning faol ishtirokchisiga aylantirish va har bir bolaning imkoniyatini ochishga harakat qilish tashkil etadi. Men uchun yaxshi dars — bu faqat bilim berish emas, balki bolada qiziqish, mustaqil fikrlash va ijodkorlikni uyg‘otishdir. Pedagogik faoliyatim davomida yaratgan metod va ta’limiy ishlanmalarimdan hamkasblar foydalanib kelmoqda. Tajribam va pedagogik g‘oyalarim Buxoro viloyati miqyosida ommalashib, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari orasida tarqalmoqda. Shuningdek, pedagoglar uchun kreativ metodik materiallar va seminar-treninglar tayyorlash hamda ulashish bilan shug‘ullanaman. Asosiy maqsadim — doimo izlanadigan, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtiradigan va o‘z tajribasi bilan boshqa ustozlarga ham ilhom bera oladigan pedagog bo‘lish.

📸 Foto va video lavhalar

Siz ham Sharipova Shahnoza Jo'rayevna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?

Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.

📝 Hikoya qo'shish