FU
Fidoyi Ustozlar
Qurolov Niyozmat Ermatovich
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan

Qurolov Niyozmat Ermatovich

📍 Hudud Andijon / Shahrixon tumani
🏫 Ta'lim muassasasi 23-maktab
📘 Fan Fizika va matematika
⏳ Pedagogik staj 5 yil

💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?

Shahrixon tumanidagi 23-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 1994-2005- yillarda taʼlim olganman. 2006-2010 Andijon Davlat universiteti fizika ixtisosligini tamomlaganman. 2023-yilda A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutida matematika ixtisosligini olganman.Talabalik davridayoq Andijon shahridagi maktablarda fizika fanidan dars berganman. 2010-2018 yillarda Shahrixon xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida faoliyat yuritganman. 2008-yildan beri fizika fanidan repititorlik qilib 100 yaqin yoshlarni oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻlishiga hissa qoʻshganman. Oʻquvchilarimiz doimiy ravishda respublika fan olimpiadalarida faol ishtirok etib kelishmoqda. Yosh ixtirochilar koʻrik tanlovi viloyat bosqichida shogirdlarim bir necha bor 1- oʻrinni egallagan. Youth texno art respublika koʻrik tanlovining sovrindori boʻlgan oʻquvchilarimiz bor. Tuman va viloyat miqyosida oʻtkaziladigan oʻquvchilar va ustozlar ilmiy tadqiqot forumlarida , oʻqituvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan tanlovlarda tumanimiz sharafini munosib himoya qilib kelyapman. Oliy toifaliman, fizika fanidan milliy sertikatga egaman.

📸 Foto va video lavhalar

Siz ham Qurolov Niyozmat Ermatovich haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?

Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.

📝 Hikoya qo'shish