✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Tursunova To'xtaxon Xayitovna
📍 Hudud
Namangan / To'raqo'rg'on tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
2- sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi
📘 Fan
Boshlang'ich sinf
⏳ Pedagogik staj
45 yil
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
Tursunova To'xtaxon Xayitovna
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tavallud topganman
1986 Namangan Davlat Pedagogika instituti boshlang'ich ta'lim mutaxassisligi bitirdim 1990 yil
Mehnat faoliyatim 58 yil
Malumotim oliy . Hozirgi kunda 1- toifali boshlang'ich ta'lim o'qituvchisimam
Erishgan yutuqlatlarim:
1972 yil Kosonsoy tuman 28- maktabds boshlang'ich sinf o'qituvchisi ish boshlagaman.
1980 yildan hozirgi kunga qadar To'raqo'rg'on tuman 2-umumiy o'rta ta'lim maktabida boshlang'ich sinf o'qituvchisi sifatida samarali mehnat qilib kelmoqdan
Boshlang'ich sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan tuman olimpiadasida To'xtaxon Tursunovaning o'quvchilari oliy o'rinlarni egallab viloyat bosqichida faxrli 2 o'ringa sazovor bo'lgan va T. Tursunova viloyati xalq ta'limi boshqarmasining FAXRIY yorliq bilan taqdirlangan.
Metodik tavsiyalar :
2 sinf uchun " Matematika darsida mustaqil ishlarni ahamiyati", 3 sinfda o'qish fanidan " O'zbekiston- vatanim manim" , Odobnoma fanidan ulug' allomalar ijodini o'rganish mavzularida metodik tavsiyanoma kitoblari chiqarilib tuman va viloyat miqyosida ommalashtirishga.
"Ilg'or pedagogik texnologiyalar-kafolatlangan ta'limdir" mavzusidagi ma'ruzasi bilan Namangan viloyati pedagok kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutidagi ilmiy - amaliy anjumanida ishtirok etib, uning ma'ruzasi anjuman ishtirokchilari tomonidan a'lo baholangan.
2009-2010 yillar Namangan viloyati "Begoyim" , " Murabbiy " ro'znomasida uning ibratli va sermahsul mehnat faoliyati muntazam yoritib borilgan.
2010 yil fevral: Xalq ta'limi vazirligining hamda viloyati xalq ta'limi boshqarmasining 12 fevraldagi 31 -sonli buyruqlari ijrosini ta'minlash maqsadida
Maktabda o'tkazilgan "Ochiq darslar festivali"ning 1- bosqichida 1 o'rinni olib tuman bosqichiga tavsiya etilgan va tuman bosqichida ham 1 o'rinni egallab 3 chi bosqich viloyati "Ochiq darslar festivalida" faxrli 1 o'rinni egallagan. Viloyati xalq ta'limi boshqarmasining FAXRIY yorliq bilan taqdirlangan va uning dars ishlanmasi viloyat miqyosida ommalashtirishgan.
2010 yil 1 - oktyabr : " O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan ko'p yillik fidokorona mehnati va yosh avlod ta'lim- tarbiyasidagi ulkan xizmatlari uchun "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.
Tursunova To'xtaxon "Ustoz - shogird" maktabi faoliyati bo'yicha viloyat boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan tanlovda qatnashib faxrli 2 o'rinni egalladi va FAXRIY yorliq va esladik sovg'alari bilan taqdirlangan.
Viloyat "Murabbiy "ro'znomasining fevral sonida "Ta'lim fidoiylari" : "Ehtiromga munosib To'xtaxon " mavzusida uning faoliyatiga bag'ishlangan maqola chop etilgan.
2011 yil 18 - mart: Xalq ta'limi vazirligi qo'shma qaroriga asosan "Ustoz -shogird " maktabining ilg'or pedagoglari uchun tashkil etilgan o'quv seminarda faol ishtirok etib unda ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, dastur va darsliklarini expertizasi , hamda qayta nashr qilinadigan darsliklar yuzasidan o'z takliflari va hulosari bilan qatnashgan.
2012 yil "Boshlang'ich ta'lim" jurnalida "Konstitutsiyamiz - baxtimiz poydevori "mavzusida dars ishlanmasi va maqolasi nashr etilgan.
2018 yil o'qish fanidan "Donolarning donosi" mavzusida yozgan dars ishlanmasi respublika "Umumta'lim fanlar metodikasi" ilmiy metodik jurnalida chop etilgan .
2024 yil Maktabgacha va Maktab ta'lim vazirligining " O'qituvchilarning ilg'or ish tajribasi va faoliyati davomida qo'llab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi 84- sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida "Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarga ma'naviy tarbiya va vatanparvarlik tuyg'ularini sindirish buyuk ajdodlarimiz merosini o'rganishning o'rni"mavzusida metodik ish qo'llanma tayyorlagan.
Siz ham Tursunova To'xtaxon Xayitovna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.