✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Jumaniyazov Nazar Egamberginovich
📍 Hudud
Xorazm / Urganch tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
Urganch tuman 38-sonli
📘 Fan
musiqa madaniyati
⏳ Pedagogik staj
11 yil
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
Men musiqa fani o‘qituvchisi sifatida o‘quvchilarga musiqiy bilim va ijodiy ko‘nikmalar berishga, milliy musiqamizga bo‘lgan mehrini oshirishga intilib kelaman. Dars jarayonida zamonaviy texnologiyalar va ijodiy yondashuvlardan samarali foydalanaman.
Faoliyatimdagi muhim yutuqlardan biri — 4-sinf “Musiqa savodxonligi” darsligiga men yaratgan 4 ta qo‘shiqning kiritilayotganidir. Bu men uchun katta ijodiy e’tirof va mas’uliyatdir.
Shuningdek, ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Nazarbek Karaoke” YouTube kanalini yuritaman. Kanalda o‘quvchilar, maktab va bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun qo‘shiqlar, karaoke materiallari hamda ta’limiy musiqiy kontentlar tayyorlayman. Kanalim orqali musiqa fanini o‘rganishni yanada qiziqarli va qulay qilishga hissa qo‘shib kelmoqdaman.
Asosiy maqsadim — ijodkor, bilimli va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalangan yosh avlodni shakllantirish hamda o‘zbek musiqa ta’limi rivojiga munosib hissa qo‘shish.
Siz ham Jumaniyazov Nazar Egamberginovich haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.