👨🏫
Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Zumradxon
📍 Hudud
Farg'ona viloyati / Oltiariq tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
29- maktabda
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
Men oʻziga ishonmaydigan sodda qiz boʻlganman. Lekin adabiyotga mehrim boʻlakcha edi. Shuni sezgan, toʻgʻri yoʻnaltirgan va menda oʻzimga ishonch uygʻotgan Oltiariq tumani 26- maktabda atigi 6 oy taʼlim bergan aziz , fidoyi ustozim Zumradxon Madaminova sababli sheʼriyatga mehr qoʻyib, ona tili va adabiyot yoʻnalishida oʻqiganman.
Koʻp sheʼrlari qoʻshiq qilingan ustozimning
Bolalikda yod olganim ustozimning sheʼri:
Yurak - oʻlim toʻshagida yotibdi,
Yurak - yorilishga tap-tayyor mana.
Uning paymonasi limmo-lim toʻldi
Sizdan bir iltimos yana...
Yana bir bor kelsangiz boʻldi.
Hozirda erishgan barcha muvaffaqiyatlarim sababchisi Aziz Ustozim, sizni yaxshi koʻraman. Haliyam xayollarida jajji oʻquvchingiz boʻlgan qiz tasavvurida boshiga iroqi doʻppi kiyib, sochlarini qirq oʻrim qilib oʻrgan goʻzal ustozsiz
Siz ham Zumradxon haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.