👨🏫
Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Normatov Mirali Abdusalimovich
📍 Hudud
Samarqand / Payariq tumani
🏫 Ta'lim muassasasi
38 maktab
📘 Fan
Boshlang‘ich ta‘lim
⏳ Pedagogik staj
26 yil
💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?
Men 1983 yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida ziyoli oilasida tug‘ilganman.1994 yil Otam 1995 yil onam vafot etganlar.2000 yil Jizzax pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kirib 2002 yil tamomladim va opz qishlogimdagi 38 maktabga ishga joylashdim.Hozirgi kunda 23 yillik pedagogik staj bilan ko‘p oquvchilarni tarbiyalab yangi hayot yo‘liga yo‘l ochib berdim.2023 yilda esa oliy ma‘lumotli pedagog bolish uchun Samarqand Finlandiya Pedagogika institutiga sirtqi ta‘lim yo‘nalishi bo‘yicha grant asosida qabul qilindim.Hozirda Samarqand pedagogika institutining boshlangich taplim yonalishining 4 kurs talabasiman.Men oliy ma‘lumotli diplomni kutmasfan 2026 yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan Ona tili milliy sertifikatiga hujjat topshirib C+ darajasini qo‘lga kiritdim.Ilmiy maqola tayyorlab "Vatanga sodiq xizmat" ko‘krak nishoni bilan hamda esdalik sovgalarni qo‘lga kiritdim.Ish faoliyatim jarayoniga kelsak 2025 yil 1 sinfni olib 22 ta o‘quvchining savodini chiqarib maktsb va ota onalar xurmatiga sazovor boldim dessm adashmagan bo‘laman.Hozir ham davlatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlarfan foydalanish natijasida Boshlsng‘ich sinf Milliy sertifikatiga tayyorlanmoqdaman.Atestatsiyadan sertifikatga toifa bermasada atestatsiyadan yuqori bal olib kelyapman.Kelajakda orzuim xudo xoxlasa maktab menejerlik sertifikatini olish va msktabda o‘quvchilarning ta‘lim olish jarayonlarini va maktabimning nufuzini respublika bosqichiga yani eng nsmunsli msktab darajasiga yetgazishni maqsad qilganman.
Siz ham Normatov Mirali Abdusalimovich haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.