π¨βπ«
Fidoyi ustoz
β
Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan
Yodgorova Nigora Sobir qizi
π Hudud
Qashqadaryo / Shahrisabz shahri
π« Ta'lim muassasasi
14-sonli maktab
π Fan
Ona tili va adabiyot fani
β³ Pedagogik staj
12 yil
π¬ Jamiyat e'tirofi β Nega tavsiya qilinmoqda?
15 yildan beri faoliyat yuritaman. Oliy toifali oβqituvchiman. A+ darajali Milliy hamda 70% lik xalqaro standartdagi malaka sertifikat sohibasiman. 2026-yil Vazir jamg'armasi ustamasini qo'lga kiritdim, shuningdek Yil o'qituvchisi tanlovida Shahrisabz shahridan ishtirok etib g'olib bo'ldim. Ko'plab shogirdlarim oliy o'quv yurtlarida o'qib malakali kadrlar sifatida turli sohalarda faoliyat yuritishmoqda, ba'zilari o'zim bilan birga ishlashadi. O'quvchilarim kitobxonlik, g'azalxonlik, insho tanlovlarida faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishgan, bundan tashqari har yili Respublika fan olimpiadalarida ham munosib qatnashib shahar va viloyat bosqichlarida 1-2-o'rinlarni qo'lga kiritib kelishmoqda.
Siz ham Yodgorova Nigora Sobir qizi haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?
Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring β u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.