FU
Fidoyi Ustozlar
👨‍🏫 Fidoyi ustoz
✅ Ekspertiza tomonidan tasdiqlangan

Mamasharipova Dilorom Muhammadiyevna

📍 Hudud Samarqand / Oqdaryo tumani
🏫 Ta'lim muassasasi 45-maktab
📘 Fan Matematika
⏳ Pedagogik staj 20 yil

🏆 Ustozning yutuqlari va pedagogik faoliyati

1998-2018 yilgacha tuman va viloyat olimpiadalarida bir necha born oʻquvchilari matematika va informatika olimliadalarida sovrinli oʻrinlarni egallagan. Hozir pensiyada boʻlishiga qaramay oʻquvchilarni turli musobaqalarga qatnashishlarida yordam bermoqda. Orden va medallari: Ta'lim a'lochisi. Ta'lim fidoyisi, Shuhrat medali Xalq oʻqituvchisi va bir nechta medallar sohibi.

✨ Shogirdlar yutuqlari va hayotiy ta'sir hikoyalari

Shogirdlari jamiyat rivoji va yuksalishi yoʻlida turli sohalarda xizmat qilib kelmoqda. Jumladan oʻzi faoliyat olib borgan maktabda Informatika fani oʻqituvchisi Jamoliddin Najmiddinov informatika fanidan oliy toifa, 70% lik ustama, Vazir ustamasi, Xalaqaro sertifikatlar sohibi. Nurmanova Nargiza 1-toifali, Milliy serifikatli boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. Ikmatova Munira matematika fanidan oliy toifali, SAT sertifikati sohibi. Respublika Bank va moliya sohasida koʻplab shogirdlari faoiliyat koʻrsatadi. Samarqand iqtisodiyot va servis institutida oʻquvchisi Ayubov Ilyosxon fan doktori. Sharqshunoslik institutida esa oʻquvchisi Ochilov Ozod xalqaro munosabatlar boʻyicha Fan doktori.

💬 Jamiyat e'tirofi — Nega tavsiya qilinmoqda?

Jonkuyar, fidoyi, talabchan, bilimli va asosiysi mehnatsevar. Oʻz kasbinining eng ilgʻor fidoiysidir.

Siz ham Mamasharipova Dilorom Muhammadiyevna haqida xotira yoki hikoya qo'shmoqchimisiz?

Saytdan yoki Telegram botimiz orqali ustoz haqida o'z tavsiyangizni yuboring — u ekspert ko'rigidan so'ng ushbu profilga biriktiriladi.

📝 Hikoya qo'shish