Ta'til pullari haqida

Ta'til pullari haqida

Ta'til pullari haqida shu hafta ko‘plab o‘qituvchilar murojaat qilganidan keyin MMTVdagi mas'ul xodimlardan asl vaziyat nimaligini surishtirib ko‘rdim va o‘zim tushungan ba'zi ma'lumotlarni ma'lumot uchun sizlarga yetkazib qo‘yishni lozim deb topdim. 

Muammo nima edi?

Shu yilgacha amalda bo’lgan qonunchilikka ko‘ra 48 ish kuni yani 56 kalendar kuniga mexnat ta'tili xisoblangan, bunda yakshanba hisobga olinmagan, yakshanbaga haq to‘lanmagan, 48 ish kuni ichidagi 8 ta yakshanbani ham qo‘shilsa 56 kun dam olingan.

O‘zi aslida yakshanbaga pul to‘lanishi kerakmi? 

Ta'til pulini bir kunligi aslida mana bunday hisoblanadi: MK-257-moddaga asosan,  bir yildagi yakshanba va 9 ta umumiy dam olish kunlari chiqarib o‘rtacha qaralsa 25,3 kun qoladi bir oydagi ish kuni soni, ta'til pulini hisoblashda aytaylik 3 mln oylikni 30 kunga emas, ana shu 25,3 kunga bo‘linadi,  bunda ko‘proq chiqadi tabiiyki ta'til pulini bir kunligi 30 ga bo‘lgandan.
Demak, yakshanba dam olishmi-dam olish, deb qaralib, o’rtacha oylik ish haqi hisoblashda chiqarib tashlangan bo’lsa otpuska paytida qanaqa qilib qo‘shilib qolishi mumkun. Shundan kelib chiqib yozgi ta'tildagi yakshanba kunga ham ish haqi hisoblanmagan,  mantiqan olib qaralganda to‘g‘ri bu ish, ko‘rayotganingizdek. 

Endi muammo ana shu masalaga borib taqalyapti. 

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bunga aniq izohlashi kerak bo‘lgan holat. Yakshanbaga to‘lansinmi yo‘qmi? 

MMTV, Vazirlar Mahkamasi ta'tilga oid qarori chiqmagani bois avvalgidek 48 ish kuniga to‘lanishini Uzasboda o’zgarishsiz qoldirilgan albatta bu to’g’ri qaror, lekin tuman Adliya bo‘limlari esa 48 ish kuni emas balkim, 48 kalendar kuni (ya'ni yakshanba ham shuni ichida bor),  deya tushuntirib 7 yakshanbani chiqarib tashlab 41 ish kuniga buyruqlarni tasdiqlagan direktorlarning. 48 ish kuniga to‘lanishi uchun Uzasboda 48+8=56  kunga ochilgan bo‘lishi kerak edi,  MMTV bunga hozircha VM qarori yo‘qligi bois bunday qilishga haqqi yo‘qligini,  hozirda ochiq bo‘lgan 48 soni o‘tgan yildagidek "ish kuni"  ekanini tushintirmoqda. 

Chunki o’qituvchilar shu yilgacha 56 kalendar kunga (bayram kunlarini hisobga olmaganda) dam olib kelishgan.

Savol tug‘iladi, nega Adliya tuman bo‘limlari bu 48 ni "48 kalendar kuni" deb tushunib qolmoqda,  chunki bunga ham ularning o‘ziga xos asoslari bor, Kambag‘allikni qisqarrirish va bandlik vazirligi qaysidir xususiy korxonaga (AJga) yakshanbaga ham ta'til puli hisoblab, 56 kunga ta'til puli berilishini "tavsiya etgan", xat yuborgan, ya'ni aniq shunday to‘lansin, demagan - tavsiya etgan. 
Ho‘sh unda nega ta'tilning bir kunlik o‘rtacha kunini hisoblashda yakshanbani chiqarib tashlanmoqda-ku, ta'til davrida yakshanbaga ham pul to‘lash tavsiya etikmoqda,  degan savolga javob berisha olmagan. Xullas mana shunday chalkashliklar. 

Asosiy muammoni endi sharhlasam, nega "Otpusknoy"  kam chiqdi?  
Yuqoridagi muammodan ko‘rinib turibdiki, sizga chiqqan ta'til pulingiz o‘tgan yilgidan albatta kam,  chunki sizga 48 kunga emas,  41 kunga to‘langan. 

Endi nima bo‘ladi? 
Xavotir olish juda kerak emas,  endi ikkita variantdan biri bo‘ladi;: 

1-variant, yakshanbaga ham pul to‘lanmaydi, shunda 48 ish kuniga to‘lanadi va sizga yana 7 kuniz farqi to‘lab beriladi. O‘tgan yilgidek. 

2-variant,  yakshanbaga ham pul to‘lanadi, 48+8=56 kunga to‘lanadi. Lekin bu holda ta'til puli boshqattan hisoblanadi,  ortacha bir oylikni endi 25,3 ga emas, yakshanbani ham qo‘shib 29-30 kunga bo‘linadi. Ya'ni o‘rtacha bir kunlik ta'til pulingiz kamayadi, to‘lanadigan kunlar soni ko‘payadi. 

Bu qachon aniq bo‘ladi?

Uchala vazirlik ham VMning yangi mehnat ta'tili haqidagi qarori chiqishiga qarab turibdi.

Xullas, VM shu qarori kutilyapti, shu chiqar ekan muammo yechiladi, ungacha yo‘q. Kutamiz.

Mening xolis tushunganlarim shular va tushunganlarimni sizlarga sodda tushuntirishga xarakat qildim.
Manbaani va bu gaplarni @domlajon'dan kechib chiqib ketgan bevafo domlajonlarga yetkazib qo‘yarsizlar, "domlajon" hali "tirik"?

---

Комментарии 1

Garfield
Garfield от 27 августа 2024 21:36
1win как поставить бонусные деньги
Добавить комментарий

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив