Ashurova Saodat Shonazarovna
📍 Toshkent • Chilonzor tumani
🏫 26 yil Navoiy shahridagi 17-maktabda ishlaganman. 2 yildan beri O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyida ishlayman
Saodat
📍 Toshkent • Chilonzor tumani
🏫 ÖzDJTU akademik litseyida
"Fidoyi ustozlar" milliy loyihasi haqida
"Fidoyi ustozlar" — har birimizning hayotimizga iz qoldirgan, ammo ko'pincha e'tiborsiz qolib ketadigan ustozlarni topib, ularning mehnatini butun jamiyat oldida tan olish uchun yaratilgan milliy loyihadir.
Biz ishonamizki, har bir muvaffaqiyat ortida — bolalik davridagi bitta ustozning ishonchi, sabri va mehnati turadi. Bu loyiha orqali o'quvchilar, ota-onalar va hamkasblar o'zlarining ustozlarini nomzod sifatida tavsiya etishadi, ularning hayotiga qanday ta'sir ko'rsatganini hikoya qilib berishadi.
Loyihada sun'iy ovoz yig'ish, layklar yoki reyting poygasi yo'q — "Qahramonni jamiyat tanlaydi, ekspertiza tasdiqlaydi." Har bir tavsiya ekspertlar ko'rigidan o'tkaziladi, tasdiqlangani esa ushbu ochiq milliy bazaga qo'shiladi.